Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida viloyatda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida faoliyat yuritayotgan 2 206 ta korxona va tashkilot tomonidan jami 8 697,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 foizni tashkil etib, sohada barqaror o‘sish sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatadi.
Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmining ortishi turizm infratuzilmasining rivojlanishi, xizmatlar sifati yaxshilanishi hamda aholi va mehmonlarga ko‘rsatilayotgan servis turlarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.




