06/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Dang‘ara tumanida faoliyat yuritayotgan 74 ta qurilish korxonasi va tashkiloti tomonidan jami 273,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 151,0 % ni tashkil etib, sohada ijobiy o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.

 Qurilish ishlari hajmining tarkibi quyidagicha shakllandi:

 Yirik korxonalar – 97,5 mlrd so‘m

 Kichik korxona va mikrofirmalar – 155,1 mlrd so‘m

 Norasmiy sektor – 21,0 mlrd so‘m.