Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida viloyatda savdo xizmatlari sohasida faoliyat yuritayotgan 13 120 ta korxona va tashkilot tomonidan jami 9 655,9 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil etib, savdo xizmatlari sohasida barqaror o‘sish sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Savdo xizmatlari hajmining izchil ortishi aholi iste’mol faolligining oshishi, tadbirkorlik subyektlari sonining ko‘payishi hamda xizmatlar sohasining barqaror rivojlanayotganidan dalolat beradi.




