08/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Qo‘qon shahrida 3 trln 367,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Mazkur davrda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi kuzatildi. Eslatib o‘tamiz, Qo‘qon shahrida hozigi kunda 715 ta sanoat korxona va tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Ushbu natijalar Qo‘qon shahrida sanoat tarmog‘ining izchil rivojlanayotgani, ishlab chiqarish quvvatlari kengayib borayotgani hamda hudud iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga munosib hissa qo‘shayotganini ko‘rsatmoqda.