08/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 9,4 ming tonna piyoz eksport qilindi.

 Mazkur eksportning umumiy qiymati 3,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil bilan solishtirganda 2,2 ming tonnaga kamaygan.

 Piyoz eksporti viloyatning eksport salohiyatini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmini kengaytirish hamda eksport geografiyasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.