08/07/2026

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 23 054,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,2 foizni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan sanoat tarmog‘ida barqaror o‘sish qayd etildi.

 Mazkur natijalar viloyatda sanoat ishlab chiqarish quvvatlari kengayib borayotgani, iqtisodiy faollik ortayotgani hamda hududlar kesimida sanoat salohiyati izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.