08/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Qo‘qon shahrida 2 882,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.

 Hisobot davrida xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,0 foizni tashkil etdi.

 Ushbu ko‘rsatkich Qo‘qon shahrida xizmatlar sohasining jadal rivojlanayotgani, tadbirkorlik faolligi ortib borayotgani hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengayib borayotganini tasdiqlaydi.