2026-yilning yanvar–may oylarida viloyat eksporti tarkibida tovarlar ulushi 90,6 foizni tashkil etdi.
Eksport tarkibida asosiy ulush:
sanoat tovarlari – 37,9 %;
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 27,3 %;
kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar – 13,6 %;
turli xil tayyor buyumlar – 11,8 % hissasiga to‘g‘ri keldi.
2026-yilning yanvar–may oylarida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha viloyatning asosiy hamkor davlatlari Rossiya (36,4 %), Turkiya (10,6 %), Xitoy (8,6 %), Afg‘oniston (8,5 %), Qirg‘iz Respublikasi (7,2 %), Qozog‘iston (6,5 %), Tojikiston (3,0 %), Litva (2,7 %), Polsha (2,6 %) hamda Turkmaniston (2,5 %) bo‘ldi.
Mazkur davlatlarning viloyat umumiy eksportidagi ulushi 88,5 foizni tashkil etdi, bu esa eksportning asosiy qismi ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.




