08/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona viloyatida aholi jon boshiga 5 448,7 ming so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Yirik sanoat korxonalarining hududlarda joylashgani hisobiga ayrim shahar va tumanlarda ushbu ko‘rsatkich viloyat o‘rtacha darajasidan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Jumladan:

Farg‘ona shahri – 13 889,5 ming so‘m;

Qo‘qon shahri – 10 515,2 ming so‘m;

Uchko‘prik tumani – 8 792,1 ming so‘m;

Quvasoy shahri – 7 963,3 ming so‘m.

 Hisobot davrida viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 106,2 foizni tashkil etdi.
 Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Rishton tumani (115,8 %), Yozyovon tumani (110,5 %), So‘x tumani (109,3 %), Beshariq tumani (109,0 %), Marg‘ilon shahri (108,6 %), Farg‘ona tumani (106,7 %) hamda Qo‘qon shahri (105,8 %) viloyatning o‘rtacha o‘sish sur’atidan yuqori natijalarni qayd etdi.