08/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Quvasoy shahrida 836,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Mazkur davrda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 109,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi kuzatildi.

 Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Quvasoy shahrida 211 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu esa hudud sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.