08/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona viloyatidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan qator muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda ijobiy natijalar qayd etildi.

 Hisobot davrida:

61,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni

35 690,6 tonna paxta tolasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar–may oyiga nisbatan 98,4 % ni

178 115,0 tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,1 % ni tashkil etdi.

 Mazkur natijalar viloyat sanoatida strategik ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish barqaror davom etayotganini hamda oziq-ovqat va yoqilg‘i ta’minotini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil olib borilayotganini ko‘rsatadi.