Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 2,8 ming tonna mayiz eksport qilindi.
Mazkur eksportning umumiy qiymati 3,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mayiz eksporti hajmi 1,1 ming tonnaga ko‘paydi, bu esa viloyatning eksport salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.




