08/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 698,1 tonna sarimsoq piyoz eksport qilindi.

 Eksportning umumiy qiymati 984,3 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sarimsoq piyoz eksporti hajmi 290,9 tonnaga oshdi. Bu esa viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti izchil rivojlanib, eksport salohiyati ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.