Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 845,3 tonna yer yong‘oq eksport qilindi. Mazkur eksportning qiymati 548,8 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, yer yong‘oq eksporti hajmi 685,0 tonnaga ortib, ushbu mahsulotning tashqi bozorlardagi yetkazib berilishi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatmoqda.




