09/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Oltiariq tumanida 435,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Mazkur davrda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,3 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi kuzatildi.

 Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Oltiariq tumanida 283 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu esa hudud sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.