09/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona viloyatida qurilish sohasida ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1 285,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 127,2 % ni tashkil etib, ularning jami qurilish ishlaridagi ulushi 18,7 % ga yetdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3 512,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,6 % ga o‘sib, jami qurilish ishlari hajmining 51,1 % ini tashkil qildi.

Norasmiy sektorda esa 2 076,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu sektorning jami qurilish ishlaridagi ulushi 30,2 % bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 117,3 % o‘sish qayd etildi.