Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga viloyatda 32,8 mingta faol tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ularning 23 748 tasi (70,4 %) mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan bo‘lib, tashkiliy-huquqiy shakllar orasida eng yuqori ulushni egallaydi.
Faol tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagicha:
• Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 23 748 ta
• Xususiy korxonalar — 4 895 ta
• Oilaviy korxonalar — 3 780 ta
• Aksiyadorlik jamiyatlari — 40 ta
• Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar — 363 ta.




