Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ular bilan ochiq muloqotni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirmoqda. Chunonchi, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 37 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 24 tasi (64,9 foiz) yuridik shaxslardan, 13 tasi (35,1 foiz) jismoniy shaxslardan kelgan.
Barcha murojaatlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqildi. Natijada 36 ta murojaat ijobiy hal etildi, 1 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi.
Murojaatlar ishonch telefoni, elektron pochta, rahbariyat va mas’ul xodimlar qabuli, sayyor qabullar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlar orqali qabul qilindi. Eng ko‘p murojaatlar Farg‘ona shahridan (6 ta), shuningdek, Bag‘dod va Farg‘ona tumanlaridan (4 tadan) kelib tushgan.
Murojaatlarning asosiy qismi:
statistik hisobotlarni to‘ldirish va topshirish tartibi;
davlat registri va statistik kodlarni rasmiylashtirish;
statistik ma’lumotlarni olish;
arxiv ma’lumotlarini taqdim etish;
aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga oid bo‘ldi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish maqsadida Quva, Uchko‘prik, Bag‘dod, Farg‘ona, Beshariq va Rishton tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu qabullarda 13 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
2025-yilning mos davrida boshqarmaga 69 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi yarim yilligida bu ko‘rsatkich 37 tani tashkil etdi. Bu esa murojaatlar soni 32 taga kamayganini ko‘rsatadi.




