14/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan 12 924,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

 Ushbu ko‘rsatkich umumiy sanoat ishlab chiqarishining 56,1 % ini tashkil etib, 2025-yilning mos davridagi 53,0 % ga nisbatan 3,1 foiz punktga oshdi.

Kichik biznesning sanoatdagi ulushining ortib borayotgani hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda iqtisodiy faollikning izchil o‘sayotganidan dalolat beradi.