14/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Uchko‘prik tumanida 2 222,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

 Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 112,3 % ni tashkil etib, tarmoqda o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi.

 2026-yil 1-iyun holatiga tumanda 511 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Mazkur natijalar Uchko‘prik tumanida sanoat tarmog‘ining izchil rivojlanib borayotgani, ishlab chiqarish quvvatlari kengayib, hududning iqtisodiy salohiyati tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.