14/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida xizmatlar eksporti hajmi 7,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu jami eksport hajmining 2,0 % iga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,6 % ga oshdi.

Kompyuter va axborot (AKT) xizmatlari – 2 476,3 ming AQSH dollari (35,7 %)

Transport xizmatlari – 2 462,0 ming AQSH dollari (35,7 %)

Safarlar (turizm) – 1 198,0 ming AQSH dollari (17,1 %)

Moliyaviy xizmatlar – 826,4 ming AQSH dollari (11,4 %)

Xizmatlar eksporti tarkibida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va transport xizmatlarining yuqori ulushi viloyatda zamonaviy xizmatlar hamda logistika yo‘nalishlari izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.