Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Rishton tumanida 303,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 117,8 % ni tashkil etib, tarmoqda o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi.
2026-yil 1-iyun holatiga tumanda 305 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Mazkur natijalar Rishton tumanida sanoat tarmog‘ining izchil rivojlanib borayotgani, ishlab chiqarish quvvatlari kengayib, hududning iqtisodiy salohiyati tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.




