Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatning import hajmi 726,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,1 % ga oshganini ko‘rsatadi.
Import tarkibida eng katta ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari egallab, jami importning 30,4 % ini tashkil etdi. Shuningdek, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar ulushi 23,8 %, sanoat tovarlari esa 15,9 % ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkichlar viloyatda ishlab chiqarish, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan texnika, uskunalar va xomashyo importi yuqori darajada saqlanayotganini ko‘rsatadi.




