15/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatga import qilingan tovarlar hajmi 726,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 112,1 mln AQSH dollariga ko‘paygan. Hisobot davrida xizmatlar importi 0,1 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi.

Importning asosiy qismi Xitoy (XXR) hissasiga to‘g‘ri kelib, uning ulushi 42,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, Rossiya (28,2 %), Qozog‘iston (14,3 %), Qirg‘iz Respublikasi (3,1 %), Turkiya (2,2 %), Vyetnam (2,1 %), Belarus (1,3 %), Turkmaniston (1,3 %), Hindiston (0,8 %) hamda Koreya Respublikasi (0,8 %) viloyatning yirik import hamkorlari bo‘ldi. Ushbu davlatlarning jami importdagi ulushi 96,1 % ni tashkil etdi, bu esa import oqimlarining asosiy qismi bir necha strategik hamkor davlatlarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.