15/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Buvayda tumanida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida barqaror o‘sish kuzatildi.

Hisobot davrida 530,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi 116,2 foizni tashkil etdi. Xizmatlar hajmi 919,6 mlrd so‘mga yetib, 14,8 foizga o‘sdi. Chakana savdo aylanmasi 8,3 foizga, ulgurji savdo aylanmasi esa 16,4 foizga oshdi. Qurilish ishlari hajmi 261,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 110,0 foizni qayd etdi.

2026-yil 1-iyun holatiga tumanda 1 478 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Mazkur ko‘rsatkichlar Buvayda tumanida tadbirkorlik va iqtisodiy faollik izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.