Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Beshariq tumanida 1 407 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar–may oylarida tumanda 688,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 110,8 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasida 547,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,6 % o‘sish qayd etildi.
Savdo sohasida ham ijobiy natijalar kuzatildi. Chakana savdo aylanmasi 9,2 %, ulgurji savdo aylanmasi esa 16,4 % ga oshdi.
Qurilish tarmog‘ida 101,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 121,2 % ni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar Beshariq tumanida sanoat, xizmatlar, savdo va qurilish sohalari izchil rivojlanib, hududning iqtisodiy faolligi va tadbirkorlik salohiyati yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.




