16/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga 10 299,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 86,6 foizini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar oshdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardagi eng yuqori ulushi Dang‘ara tumani va Uchko‘prik tumanida – 99,2 foiz, Quvasoy shahrida – 98,2 foiz, Beshariq tumanida esa 97,5 foizni tashkil etdi.

Ushbu natijalar viloyatda investitsiya jarayonlarida kichik tadbirkorlikning faolligi ortib borayotganini hamda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.