Joriy yilning 16-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabul Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev tomonidan statistika sohasida uchrayotgan muammoli masalalarni o‘rganish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash hamda ularni amaldagi qonunchilik asosida hal etish maqsadida o‘tkazilayotganligi haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv avvalida ishtirokchilarga 2026-yilning yanvar–fevral oylarida respublikada o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari, shuningdek, statistika tizimini takomillashtirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 445-son qonuninig asosiy mazmun-mohiyati hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha qisqacha ma’ruza tinglandi.
Sayyor qabul jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Bildirilgan murojaatlar va savollar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Mazkur sayyor qabul fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda statistika organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qildi.



