17/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona tumanida 916,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

 Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,7 % ni tashkil etib, tarmoqda barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi.

 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, tumanda 230 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar Farg‘ona tumanida sanoat salohiyati izchil oshib borayotganini, ishlab chiqarish quvvatlari kengayib, hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotganini tasdiqlaydi.