Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 905,8 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Ushbu ko‘rsatkich sohaning umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 110,4 % o‘sish qayd etildi.
Kichik tadbirkorlik ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
Qo‘shtepa tumani – 98,3 %
Buvayda tumani – 98,3 %
Quva tumani – 98,3 %
Yozyovon tumani – 98,3 %
So‘nggi yillarda kichik tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi ham izchil oshib bormoqda. 2026-yilning yanvar–mart oylarida ushbu ko‘rsatkich 10 299,3 mlrd so‘mga yetib, investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi 86,6 % ni tashkil etdi.




