17/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 885,7 mlrd so‘mlik chakana savdo aylanmasi amalga oshirildi.

 Mazkur ko‘rsatkich chakana savdo umumiy hajmining 88,3 % ini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % o‘sishni qayd etdi.

 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasidagi ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:

 So‘x tumani – 86,5 %

 Farg‘ona tumani – 86,1 %

 Quvasoy shahri – 86,1 %

 Yozyovon tumani – 85,9 %

 Ushbu ko‘rsatkichlar kichik tadbirkorlik subyektlarining iste’mol bozorini rivojlantirish, aholining savdo xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va hududlar iqtisodiy faolligini oshirishdagi muhim o‘rnini namoyon etmoqda.