17/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatida Rishton tumanida iqtisodiy faollik izchil davom etmoqda.

Tumanda 1 668 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Yanvar–may oylarida sanoat ishlab chiqarishi 303,6 mlrd so‘mni, bozor xizmatlari hajmi 624,9 mlrd so‘mni, qurilish ishlari esa 96,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Hisobot davrida sanoatning fizik hajm indeksi 117,8 foizni, xizmatlar o‘sish sur’ati 119,1 foizni, qurilish esa 136,0 foizni qayd etdi. Shuningdek, chakana savdo aylanmasi 111,7 foizga, ulgurji savdo aylanmasi esa 115,8 foizga o‘sdi.

Mazkur ko‘rsatkichlar Rishton tumanida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari barqaror rivojlanayotganini hamda tadbirkorlik uchun qulay muhit shakllanib borayotganini tasdiqlaydi.