2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 031,4 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Mazkur ko‘rsatkich xizmatlar sohasi umumiy hajmining 75,9 % ini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 115,0 % o‘sishga erishildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining xizmatlar hajmidagi ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
Farg‘ona shahri – 16,9 %
Qo‘qon shahri – 8,0 %
Marg‘ilon shahri – 5,2 %
Oltiariq tumani – 3,0 %
Buvayda tumani – 2,8 %
Kichik tadbirkorlik xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmatlar sifati va turlarini kengaytirish hamda hududlar iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




