21/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi yuqori bo‘lib, u 97,2 % ni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,6 % ni tashkil qildi.

Bundan tashqari, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 98,3 % ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichning 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,2 % ni tashkil etdi.