21/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 39,9 mingtani tashkil etdi.

 Shundan 33,6 mingtasi yoki 84,1 % — kichik korxona va mikrofirmalardir.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan:

 korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati — 108,7 %;

 kichik korxona va mikrofirmalar sonining o‘sish sur’ati — 109,4 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda tadbirkorlik muhitining yanada yaxshilanib borayotgani hamda kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.