2026-yil 1-iyul holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning eng katta ulushi savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, jami korxona va tashkilotlarning 33,5 foizini tashkil etdi.
Tadbirkorlik subyektlari va kichik biznes subyektlari orasida ham mazkur tarmoq yetakchilik qilib, ularning ulushi mos ravishda 39,9 foiz va 40,0 foizni tashkil etdi.
Keyingi o‘rinlarda sanoat tarmog‘i bo‘lib, uning ulushi jami korxona va tashkilotlarda 16,4 foiz, tadbirkorlik hamda kichik biznes subyektlarida esa 19,4 foizdan qayd etildi. Qurilish sohasi esa mos ravishda 6,0 foiz, 7,1 foiz va 7,1 foiz ulush bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Umuman olganda, savdo, sanoat va qurilish tarmoqlari birgalikda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning 55,9 foizini tashkil etib, iqtisodiyotdagi eng faol yo‘nalishlar sifatida yetakchilik qilmoqda.
21/07/2026



