27/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5 796,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Sanoatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdori quyidagicha qayd etildi:

elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 8 487,6 ming so‘m

ishlab chiqarish sanoati — 5 551,8 ming so‘m

suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 2 860,7 ming so‘m.