27/07/2026

Farg‘ona viloyatida 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 41,8 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etildi. Tug‘ilish koeffitsiyenti har ming aholiga 19,9 promilleni tashkil etdi. Tug‘ilganlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,2 ming nafarga kamaydi. Tug‘ilganlarning 21,6 ming nafari (51,7 %) o‘g‘il bolalar, 20,2 ming nafari (48,3 %) qiz bolalar bo‘ldi. Shuningdek, tug‘ilganlarning 22,0 ming nafari (52,6 %) shahar, 19,8 ming nafari (47,4 %) qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.

Hisobot davrida viloyatda 9,2 ming nafar vafot etganlar qayd etilib, o‘lim koeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,3 ming nafarga ko‘paydi. Vafot etganlarning 5,1 ming nafari (55,4 %) erkaklar, 4,1 ming nafari (44,6 %) ayollarni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha esa 5,1 ming nafari (55,4 %) shahar, 4,1 ming nafari (44,6 %) qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.