Farg‘ona viloyatida 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 9,8 mingta nikoh qayd etildi. Nikoh koeffitsiyenti har ming aholiga 4,7 promilleni tashkil etdi. Nikohlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan.
Shu davrda viloyatda 2,7 mingta nikohdan ajralish qayd etildi. Ajralish koeffitsiyenti har ming aholiga 1,3 promilleni tashkil qildi. Ajralishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 ming taga oshgan.Hududlar kesimida nikohlarning asosiy qismi shahar joylariga to‘g‘ri kelgan. Jami nikohlarning 5,3 mingtasi (54,1%) shaharlarda, 4,5 mingtasi (45,9%) qishloq joylarda qayd etilgan.
Nikohdan ajralishlarning esa 63,0 foizi shaharlarda, 37,0 foizi qishloq joylarda qayd etilgan. Jumladan, shaharlarda 1,7 mingta, qishloq joylarda esa 1,0 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.




