Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida 10 671 kishi ko‘chib keldi. Shundan 10 656 nafari viloyatning boshqa hududlaridan, 15 nafari esa xorijiy mamlakatlardan kelgan.
Shu davrda viloyatdan 12 047 kishi ko‘chib ketdi. Ularning 12 019 nafari viloyatning boshqa hududlariga, 28 nafari esa xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan.
Natijada, ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farq 1 376 kishini tashkil etdi.




