28/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1 952,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 149,7 % ni tashkil etdi. Yirik tashkilotlarning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2,9 foiz bandga oshib, 16,2 % ga yetdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 7 120,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 59,0 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 121,1 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektorda esa 2 995,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Uning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 24,8 % ni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 112,8 % ga yetdi.