Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 12 437,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Ushbu soha tarkibida o‘rtacha oylik ish haqi:
- majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari sohasida — 25 733,1 ming so‘m;
- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatda — 2 468,8 ming so‘m;
- sug‘urtalash va nafaqa ta’minotidan tashqari moliyaviy xizmatlar sohasida — 12 147,4 ming so‘mni tashkil etdi.




