28/07/2026

Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.

2026-yilning yanvar–iyun oylarida ushbu faoliyat turiga 12,6 trln so‘m investitsiya yo‘naltirildi. Bu jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 49,2 % ini tashkil etdi.

Ishlab chiqarish sanoatidagi yuqori ko‘rsatkichga yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi asosiy omil bo‘ldi.