31/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Uchko‘prik tumanida asosiy kapitalga 2 279,5 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 93,1 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan ham moliyalashtirildi:

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 2,9 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,9 %

 Aholi mablag‘lari — 1,5 %

 Respublika budjeti — 0,4 %

Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 0,2 %