Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 28 643,4 mlrd so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga o‘sdi. Shundan dehqonchilik mahsulotlari 19 378,0 mlrd so‘mni (103,8 %), chorvachilik mahsulotlari esa 9 265,4 mlrd so‘mni (103,9 %) tashkil etdi.
Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi eng yuqori Farg‘ona (3 561,7 mlrd so‘m), Qo‘shtepa (2 485,8 mlrd so‘m), Rishton (1 972,7 mlrd so‘m) va Bog‘dod (1 940,4 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Eng kam hajm So‘x tumanida (434,1 mlrd so‘m), Marg‘ilon shahrida (437,4 mlrd so‘m) hamda Qo‘qon shahrida (477,4 mlrd so‘m) kuzatildi.




