Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Quva tumanida asosiy kapitalga 895,8 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 73,9 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan ham moliyalashtirildi:
Aholi mablag‘lari — 12,9 %
Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 7,5 %
Respublika budjeti — 5,5 %
Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 0,2 %




