31/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Beshariq tumanida asosiy kapitalga 1 428,1 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 89,4 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 aholi mablag‘lari — 4,8 %

 respublika budjeti mablag‘lari — 2,8 %

 suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari — 1,5 %

 korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,4 %

 tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,1 %.