Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Buvayda tumanida asosiy kapitalga 990,3 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 89,5 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
aholi mablag‘lari — 5,1 %
respublika budjeti mablag‘lari — 3,4 %
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 1,2 %.
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 0,8 %




