03/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 97,0 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarildi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 100,9 %ni tashkil etib, viloyatda go‘sht ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

 Chorvachilik tarmog‘ida erishilgan ushbu natijalar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozor barqarorligini mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.