Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 376,9 mln dona tuxum yetishtirildi.
Hisobot davrida tuxum ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 % ga oshib, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o‘sayotganini namoyon etdi.
Parrandachilik tarmog‘ida erishilgan ushbu natijalar viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda sohaning izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.




